Tanlov jarayoni
«Teach for Uzbekistan» besh bosqichli saralash tizimidan foydalanadi, bu tizim nomzodlarning akademik bilimlari va kasbiy ko‘nikmalari bilan bir qatorda, ularning insoniy fazilatlarini ham chuqur baholashni o‘z ichiga oladi. Biz ta’lim tizimini yaxshilash mas’uliyatini zimmasiga olishga tayyor, kuchli motivatsiyaga ega va tashkilot qadriyatlarini hurmat qiladigan insonlarni izlaymiz. Ushbu tizim orqali biz o‘z missiyamizga mos keladigan va ta’lim sohasida ijobiy o‘zgarishlar yaratishga intiluvchi yetakchilarni aniqlashni maqsad qilganmiz.
Tanlov
Noan'anaviy tanlovda ishtirok etish imkoniyati beriladi
Saralash
Tanlov professional ekspertlar tomonidan olib boriladi
Tanlov jarayoni nomzodlarga o‘z qobiliyatlari va qadriyatlarini namoyon etish, kasbiy rivojlanish, yetakchilik ko‘nikmalarini shakllantirish hamda O‘zbekiston ta’lim va ijtimoiy tizimini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shish imkoniyatini taqdim etadi.

Saralash bosqichlari:
- Onlayn arizani to`ldirish
- Jamoa a’zolari bilan onlayn suhbat;
- Assessment Centre (o‘yin mashqlari, simulyatsiya darsi va individual suhbat)
- Metodist bilan suhbat;
- Yozgi institut