"Fellow" maqomi

 

Tanlovning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar Teach for Uzbekistan dasturining bir qismiga aylanadi va ishtirokchi maqomini oladi. Ular O‘zbekistonning olis hududlarida joylashgan maktablarga yuboriladi.   

 

Dastur ishtirokchilari ikki yil davomida ushbu maktablarda faoliyat olib borib, o‘quvchilarga o‘z fanlari bo‘yicha dars beradilar, qo‘shimcha ta’lim bilan shug‘ullanadilar hamda mahalliy hamjamiyatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy loyihalarda ishtirok etadilar.

2 yil davomida

O'zbekistonning olis hududlarida faoliyat yuritadilar

To'liq bandlik

Dasturda to'liq bandlik asosida ish bilan ta'minlanadilar

 

Dastur ikki yil davomida qatnashchining moddiy  va kasbiy qo'llab-quvvatlanishini o'z zimmasiga oladi.  

Fellow:  

miss_nJamoaviy yetakchilikni rivojlantirish: Barqaror ta’lim va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirish uchun o‘zgarishlar yarata oladigan yetakchilarni tayyorlash.  

Hamjamiyatga ta’sir: Ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish uchun hamjamiyatlarni safarbar qiluvchi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish.  

 

Pedagogik mahorat: Dars jarayonlarini yaxshilash va o‘quvchilarni faol ishtirok etishga jalb qilish uchun innovatsion o‘qitish metodologiyalaridan foydalanish.  

 

Ta’lim va ijtimoiy islohotlarga ta’sir: Ta’lim va ijtimoiy tizimini yaxshilash uchun tadqiqotlarga asoslangan yondashuvlarni targ‘ib qilish.  

Barqaror o‘zgarish: Uzoq muddatli ta’sirni ta’minlash uchun mahalliy manfaatdor tomonlar va o‘zgarish yaratuvchilar tarmog‘ini shakllantirish.