Keyingi imkoniyatlar
“Fellow”lar dasturda ishtirok etishning ikki yillik muddati tugagach, keng ko‘lamli kasbiy imkoniyatlarga ega bo‘lishadi. Ular o‘qituvchilik yoki boshqaruvchilik bilan shug‘ullanib, ta’lim tizimida o‘z faoliyatlarini davom ettirishlari mumkin.
Bundan tashqari, dastur bitiruvchilari loyiha davomida egallagan bilim va ko‘nikmalaridan foydalangan holda, ijtimoiy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashishlari, o‘z startaplarini yaratishlari yoki korporativ sohada faoliyat olib borishlari mumkin.
“Teach for Uzbekistan” dasturi mamlakat rivojiga salmoqli hissa qo‘sha oladigan, ta’lim, ijtimoiy tadbirkorlik va jamiyatni yaxshilashga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshiruvchi bo‘lajak yetakchilarni tayyorlashga qaratilgan.

Dastur yakunida
Ishtirokchilar uchun loyihadan keyin bir nechta imkoniyat eshiklari ochiladi. Tashkilot loyiha qatnashuvchilarining bir oila kabi yaqin va samimiy hamjamiyatga aylanishlari hamda ta’limga aloqador turli sohalarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishlariga yordam beradi.
- “Teach For Uzbekistan” — bu qatnashchilarni oila a’zolaridek qadrlaydigan va qo‘llab-quvvatlaydigan jamoa